Treninglar va sertifikatlar
Biologik o‘quv dasturlari
1. Molekulyar biologiya
PCR (Polimeraza zanjir reaksiyasi) haqida umumiy tushuncha. Ushbu tahlil yuqumli kasalliklarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Molekulyar-genetik usul yordamida kasalliklarni 99,9% aniqlik bilan 3 soat ichida tashxislash mumkin. Trening davomida PCR uskunalari bilan ishlash, ekstraksiya jarayoni, Master Mix tayyorlash, PCR dasturini tayyorlash va natijalarni tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar beriladi.
2. Texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish
Laboratoriya tekshiruvlari uchun yordamchi uskunalardan foydalanish qoidalari. Dozatorlar (pipetkalar) bilan ishlash ko‘nikmalari. Mikrobiologik laboratoriya uskunalari (biologik xavfsizlik shkafi, sentrifuga, vortex, laboratoriya tarozisi, pH metr va boshqalar) bilan ishlash. ELISA uskunalari bilan ishlash ko‘nikmalari.
3. Immunologiya
ELISA – laboratoriya diagnostika usuli. Ushbu usul yordamida kasallik markerlari, mikotoksinlar va gormonlar miqdori aniqlanadi. Serologik tekshiruvlar hamda ELISA tahlili natijalarini o‘qish va talqin qilish.
4. Biologik xavfsizlik va biohimoya
Mikrobiologik laboratoriyalarda shaxsiy himoya vositalari haqida ma’lumot, biologik xavfsizlik va biohimoya bo‘yicha umumiy qoidalar, namunalarni olish va utilizatsiya qilish, chiqindilarni boshqarish, xodimlarning xavfsiz mehnat amaliyotlari hamda xavflarni baholash.